Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

.

Понедельник, 20.05.2024
15:22
Sevgi haqida sherlar (3)

Kechiring beribman sizga ko'p ozor, 
Vaqtingiz olibman bekor behuda, 
Baxtimsiz deb o'ylab kurashib takror, 
Yo'lingiz to'sibman ketar chog'izda...! 

Kechiring sevgim ham kelsa gar malol, 
Mayli o'zga yor-la baxtingiz toping, 
Endi sizdan ketaman bermayman halal, 
Yuragingiz eshigin men uchun yoping....! 

Biz birga o'tkazdik yillarni mana, 
Gohida yig'ladik, gohida kuldik, 
Urushib, ayrlib va qaytib yana, 
Qayg'uli onlarni yurakdan yuldik...! 

Har kuni ko'p uzoq suhbatlar qurdik, 
Ba'zida tunlarni o'tkazdik bedor, 
Baxtli bo'lamiz deb qasamlar ichdik, 
Ollohdan so'radik shu yo'lda mador...! 

Afsus endi o'zgardi hamma- hammasi, 
Baxt qasrim sizla men hech qurolmadim, 
Bariga chidadim, yig'ladim kuldim, 
Lek siz orzu qilganday men bo'lolmadim....! 

Unuting men sizga aytgan gaplarim, 
Eslamang mayliga, so'nggi so'zim bu, 
Birga bo'lmasada taqdir yo'llarim, 
Siz baxtli bo'lsangiz....mening baxtim shu....!

***

Нигохларим  кўзинг  истайди,
Айтар  ширин  сўзинг  қумсайди.
Вафодорим  буни  билсайди,
Сени  мангу  севиб  қоламан.

Олисларда  кутаман  гохо,
Хокисор деб  бермагин  баҳо.
Не  десангхам  билгинки  аммо,
Сени  мангу  севиб  қоламан.

Қандоқ  севдим  буни  билмайман,
Кутаман  деб  асло  келмайман.
Сен  йиғласанг  менку  кулмайман
Сени  мангу  севиб  қоламан.

Самодаги  юлдузлар  гувох,
Пок  севгига  фаришта  гувох.
Айирмагин  бизни  эй оллох,
Сени  мангу  севиб  қоламан...!!

***

Кеча бирга эдик, қўлимдан тутиб,
Бахт сари етаклаб борардинг аста.
Ҳижронда тобланган сўзни унутиб,
Сендан кетолмасдим, мен дили хаста.

Ғарқ бўлдим меҳрибон шафқатларингга,
Сайёрга айландим, самони кездим.
Гўзал хиссиётинг, исботларингга
Икки дил чирмашиб кетганин сездим.

Бугун яна йўқсан, яна олисдан
Сени соғинишда ўтмоқда умрим.
Сармаст бўлиб яна бир кунлик бахтдан
Васлингга бахшида этаман борим...

***

Men sevaman, tanlaganim,
O`zgasiga solishtirmay,
Majnun misol suyganimni,
Laylolardan qolishtirmay.
Men sevaman, molu davlat,
Nasabini surushtirmay,
Uy joylarim ko`z-ko`z qilib,
Tillolarni tiqishtirmay,
Men sevaman, yuragimni,
Aqlim bilan urishtirmay,
Men sevaman, muxabbatga,
Hiyonatni qorishtirmay...

***

Ne ham derdim o'zga yorni kutar bo'lsang, 
Biz g'aribni baxrimizdan o'tar bo'lsang, 
Baxtiyorman, agar baxtga yetar bo'lsang, 
Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang. 
Ko'zda yoshu, dod solishga yo'q ovozim, 
Yig'layotr ko'ngildagi dardli sozim, 
Senga so'ngi o'tinch, so'ngi iltimosim 
Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang. 
O'zim qilgan aybni yana kimdan ko'ray, 
Peshonamga xudo bergan kundan ko'ray, 
Yarmi qolgan yurak bilan yashab turay, 
Yuragimni qaytarib ber, ketar bo'lsang. 
Senu meni tinchimizni buzib yurgan, 
Ayriliqni ko'p oldindan sezib yurgan, 
O'sha o'zing raxm qilmay ezib yurgan 
Yuragimni qaytarib ber, ketar bo'lsang. 
Bugun dilda hech narsa yo'q xundan bo'lak, 
Sirdoshim yo'q yulduz to'la tundan bo'lak, 
Ishon menga, yo'q bisotim undan bo'lak, 
Yuragimni qaytarib ber, ketar bo'lsang. 
Baxt bezasin endi yurar izlaringni, 
Chidaymizda sog'inganda yuzlaringni, 
Xayolimdan olib ketu ko'zlaringni, 
Yuragimni qaytarib ber, ketar bo'lsang

***

MEN SEVAMAN, TANLAGANIM

Men sevaman, tanlaganim,
O`zgasiga solishtirmay,
Majnun misol suyganimni,
Laylolardan qolishtirmay.

Men sevaman, molu davlat,
Nasabini surushtirmay,
Uy joylarim ko`z-ko`z qilib,
Tillolarni tiqishtirmay,

Men sevaman, yuragimni,
Aqlim bilan urishtirmay,
Men sevaman, muxabbatga,
Hiyonatni qorishtirmay...

***

Уларга ишондим ўзимдан зиёд,
Қалбга пичоқ урган ўша яқинлар.
Юзда кулгу ила умри ўтсин шод,
Мени йиғлатганлар йиғламасинлар.
Азоб бериб шодлар қилмадим писанд,
Оғулар улашса тутдим асал,қант.
Қоқилганим кўриб бўлсада хурсанд,
Мени йиғлатганлар йиғламасинлар.
Ҳасдай эзса изин этурман тавоф,
Осмонида мангу порласин офтоб.
Мажруҳ кўнглимдаги фақат бир хитоб,
Мени йиғлатганлар йиғламасинлар.
Ортимдан ғийбатин эшитсамда жим,
Кўз ёшим яшириб унсиз йиғладим.
Карғамам,уларга келади раҳмим,
Мени йиғлатганлар йиғламасинлар.
Менга хўп насиҳат қилганди отам,
Ёвга ҳам ёмонлик тилама бўтам.
Уларга бахт бер яратган Эгам,
Мени йиғлатганлар йиғламасинлар.

***

Vijdoning og'riydi etayotib rad. 
Xuddi aybdordek yerga qaraysan. 
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot. 
Sevolmayman deysan uzr so'raysan. 

Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq. 
Tilida chaynalar qarg'ish xitobi. 
Ey xudo bunchalar achchiqdan achchiq. 
Sevilish azobi sevish azobi. 

Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib. 
Dunyoga tutashib ketar oloving. 
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan. 
Yuraging pinjida yashab biroving. 

Ko'zingning oqiyu qarolariga. 
Solarkansan yakka suyukligingni. 
Sen pisand qilmagan bechoralarga. 
Bilmaysan qanchalar buyukligingni. 

Kipriging torlarin chertadi yomg'ir. 
Qo'lingda titraydi tunlar xitobi. 
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq. 
Sevilish azobi sevish azobi...

***

Balki siz hech qachon meni sevmassiz, 
Lekin uzoqlashib qayga ketaman?! 
Bugun orzularning bo‘yidan mastsiz, 
Men esa sevishda davom etaman! 

Siniq oy har tunda tig‘ini charxlab, 
Nur uchun jonimni qilganda ta’ma, 
Olis-olislardan turib, erkalab 
Men sizni sevishda davom etaman... 

Quyosh - yer yuzining musavviridir, 
Uni deb bo‘y cho‘zar dunyoi-chaman. 
Nomimni toptasa qachondir, kimdir, 
Shunda ham sevishda davom etaman! 

Sovuq qish ortimdan etganda ta’qib, 
Suv bo‘lib tog‘larga singib ketaman. 
Bir kun poyingizda jilg‘adek oqib 
Men sizni sevishda davom etaman! 

Do‘stu-dushmanimga bildirmaymanu, 
Sizning qoshingizda boshim egaman. 
Sizni sevmoqlik bu - eng ajib tuyg‘u, 
Siz borsiz - sevishda davom etaman! 

Balki siz hech qachon sevmaysiz meni, 
Sizdan ko‘ngil uzib qayga ketaman?! 
Taqdir keltirsa xam kulfat boshimga neni 
MEN SIZNI SEVISHDA DAVOM ETAMAN!!!

Просмотров: 2478 | Добавить свои стихи | Рейтинг: 0.0/0
Читайте также:
Erpo‘lat Baxt
Azim Suyun
Zubayda Ishmonova
Asad Asil
Alisher Nazar
Elbek (Yunusov Mashriq)
Всего комментариев: 0
avatar