Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

.

Четверг, 09.05.2024
07:49
Madina Baxshilloyeva

Ko‘ksingda osmonning guli bor,
Osmonlar naqadar betakror.
Ko‘ksimda ko‘nglingning izi bor,
Yuragim baxtiyor...
Baxtiyor!
Qorlarning hidi bor dardingda,
Dardlaring qordan-da beg‘ubor.
Azizim, xayolim 
Xayoling –
Jimgina o‘ylaydi beozor...
Yorug‘ kun!
Ulug‘ kun!
To‘liq kun!
Tashlasak qadamlar birga yor.
Qandayin baxt erur...
Ikkimiz,
Bir ishqqa,
Ishq bizga giriftor!

NIYAT 

Lablaringda quyosh yomg‘iri, 
Ko‘zlaringdan to‘kilar g‘urur. 
Kel, Ishq uchun, Matonat uchun, 
Bu olamni biroz yashab tur! 
Sog‘inchlarning barisida qalb, 
Umid ila bo‘lak bo‘lyapti. 
Yonayotgan u yorqin shafaq 
Umidlardan darak beryapti. 
Uchayapti ko‘ngildan g‘amlar, 
Orzu qilmoq qanchalar totli! 
Esingda tut! Do‘stim, bu damlar 
Bir umrga tatirli... yodli... 
Har bir kunning zavqini asrab, 
Osmoningdan ginalarni ot. 
Yuragingni ertalablari, 
O‘zing suygan Umid-la uyg‘ot! 

SEN ISHQ BO‘LDING 

Sen Ishq bo‘lding, 
Men esa Kitob. 
Yuraklarga ko‘prik bo‘ldik biz. 
Xayolimni chulg‘adi xitob, 
"Sevaman”, deb yig‘lab yurgan so‘z! 
Ko‘kka uchib o‘yinlar qildim, 
Orzu edim sen uchun hali. 
Va tun-u kun ustingdan kuldim, 
Meni kitob qilgan mahaling... 
Birdan tushdim osmonlarimdan, 
Ruhim menga etmasdi itob. 
Ketib qolding jon-la tanamdan, 
Men Ishq bo‘ldim, 
Sen esa Kitob!

* * *

Sen ko‘zimga berkinding
Men izma-iz yuribman
Soyangdan qarzdor bo‘lib.

* * *

Men kulishni o‘rgandim,
Suratim chizdi Hayot
Kulgichlarim sap-sariq.

Просмотров: 511 | Добавить свои стихи | Рейтинг: 0.0/0
Читайте также:
Behzod Fazliddin
Shuhrat (Alimov G’ulom Aminjonovich)
Jamol Kamol
Jumagul Suvonova
Abduqayum Yo‘ldosh
Abdulla Sher
Всего комментариев: 0
avatar