Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

.

Понедельник, 20.05.2024
10:13
Ullibibi Otayeva

Yupun daraxtlarning titroqlarida, 
Bir libos tilagan so‘roqlarida, 
Xorg‘in bulutning tund siyohlarida, 
Ko‘kning xiralashgan bo‘yoqlarida 
Bahor diydoriga intizorlik bor.

Quyoshning goh kulib qarashlarida, 
Tig‘in tog‘ toshiga qayrashlarida, 
Yerning yayrab orom olishlarida, 
Olcha guliday oq bolishlarida 
Bahor tashrifiga umidvorlik bor.

O’ZIMGA

Garchi qonga belanib yotar,
Dodlamaydi hatto ingramas.
Boshin kesib olsang ingramas,
Qizil guldan sukutni o‘rgan.
Garchi bilar: har tong, har subh
Xayotini qirqar yaproqday,
O’z-o‘ziga kafan to‘qishdan
To‘xtamagan ipak qurtidan
O’limga tik qarashni o‘rgan.
...Garchi bilar: bolasi bemor,
Ehtimol, so‘ng nafasin yashar, 
Lekin uning to‘yiga atab 
To‘n tikishdan bir bor tinmagan 
Onadan sen umidni o‘rgan.

* * *

Torayib qolgandir tabiat bag‘ri, 
Mening ham fe’lim tor, niyatim baddir. 
Eshigim qulflog‘liq kunduzi, tuni, 
Ruxsat so‘ramasdan, taqillatmasdan 
Kirishga sigmaydi qo‘shnimning haddi. 
Kun bo‘yi gaz, tutun aralash havo, 
Tunlari xorijiy dori oshayman. 
O’z umrim o‘tishin istayman o‘zim,
Dam olish oyiga shoshaman... 
Torayib qolgandir tabiat bag‘ri, 
Ko‘zim teshilguday kenglik so‘rayman, 
Topolmay garangsib, asabiylashib 
O’g‘limga baqirib, qizim qarg‘ayman. 
Bosinqirab yomon tushlar ko‘raman, 
Suvlar yo‘q ularni oqzib ketgulik. 
Qattiq qo‘rqqaningda, ingranmay turib, 
Suvlar yo‘q bir zarb-la yutgulik. 
O’zganing gapini ko‘tarish tugul, 
Goho o‘z ovozim malol o‘zimga. 
Sezilar yuragim, uyim torligi
Erim mehmon solib kelsa iziga.
Bu tuyg‘u menga or, menga uyatdir,
Alamdan bosh urgum beton devorga:
- Devorjon, hech yo‘q-sa, sen nari suril, -
U esa yetmaydi hech qachon zorga...

* * *

Ishongim keladi sehr-joduga,
Bosh-ko‘zingni bog‘lab, bir kunmas bir kun
O’zimniki qilib olishlarimga.
Ishongim keladi afsonalarga,
Sen - oq o‘g‘lon, kuppa-kunduzi
Meni shart o‘g‘irlab ketishlaringta.
Kuzatib boradi bizni bug‘ular,
Oddiy bug‘u emas, shoxi kumushdan.
Oy bilan tug‘ushgan,
Kun-la tashlangan.
Ishongim keladi ko‘rishimizga -
Zar kokilli o‘g‘il, tillo sochli qiz:
O’g‘ling oltin qoshiq o‘ynab o‘tirar,
Qizing zar beshikka belanib yotar.
Men uchun yo‘q tungi navbatchiliklar,
Uyda cho‘riliklar,
Ishxonada zir
Yugurib-elishl ar...
Sokin oqib yotgan daryo emishman,
Chapu o‘ng qirg‘og‘im - ikki zar beshik.
Mendan boshlanarmish boshi yo‘q dunyo,
Mendan ochilarmish dunyoga eshik.

* * *

Siz – yomon otliqsiz, ey yaxshi odam, 
Qancha yaxshiliklar qilmang qanchaga. 
Saxiylik qilsangiz - isrofgardirsiz, 
Ochga non tutsangiz, qolmagay yodda, 
Chunki siz piyoda.

* * *

Men oyoq qo‘ydimmi sening yuzingta, 
Unda mening yuzim uzra tashlangan 
Oyoqlar kimniki? 
Sonsiz oyoqlar...

BAHODIR YER UYQUSI

Devni yengtan bahodir misol 
Dong qotgancha uxlar ona-er. 
Hushtak chalib tursa-da shamol, 
Chaqmoq chaqib titrasa-da ko‘k, 
Uyqusiga bo‘lolmas malol.

Qancha og‘ir chekkan zahmati, 
Uyqusi ham shu qadar qattiq. 
Ter to‘qdi u rosa uch fasl, 
Tushida ham, hoynahoy, mehnat 
Janglarining zavqiga intiq. 
Vahshiy hayvonlar dag‘dag‘asi, 
Yirtqich to‘dalar qah-qahasi 
Uyg‘atolmay alamga botgan 
Bahodirni - go‘zal malakning
 Soch tolasi uyg‘otgan kabi, 
Uyqusidan uyg‘otar yerni 
Ilk maysaning nafis gul labi!

Просмотров: 552 | Добавить свои стихи | Рейтинг: 0.0/0
Читайте также:
Nargiza Odinayeva
Nastarin
Quddus Muhammadiy
Ibodat Rajabova
Muhammad Yusuf
Shavkat Jo‘rabek
Всего комментариев: 0
avatar