Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

.

Суббота, 27.04.2024
17:29
Sevgi haqida sherlar (7)

Seni juda sog'indim, sog'indim yomon 
Seni ko'rgim kelar har lahza, har on 
Seni ko'rmoqlik uchun mayli yutay qon 
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon 
Suratingga boqarman har erta tongda 
Endi jonim men seni ko'raman qachon 
Xatingni o'qirman sog'ingan chog'da 
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon 
Yo'llarim bo'lmaydi sensiz hech qachon 
Yuragimni tubida bordir bir qayg'u 
Ko'z oldimda turar visoling hamon 
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon 
Bir lahza diydoring ko'rmoqlik uchun 
Mayli bo'lsin fido qalbimdagi jon 
Sog'inchni his etish qiyin ne uchun 
Seni juda sog'indim, sog'indim ishon 
Kelarmikan deya baxtli bu zamon 
Hayoldan chiqmaysan jonim hech qachon 
Seni ko'rishimga ishonib har on 
Seni juda sog'indim, sog'indim yomoooon!

***

Mendan ko'ngil uz deysan,
Qandoq qilib uzurman.
Sendan ko'ngul uzgan chog',
Xazon kabi to'zurman.

Tosh kabi yo ko'chgayman,
Tog'larimni aylab tark.
Qush kabi yo uchgayman,
Bog'larimni aylab tark.

Yo dengizsiz qayiqday
Qolib ketgum uzlatda,
Karvonidan adashgan
Kimsa kabi kulfatda.

O't tushgan bir daraxtday
Ich-ichimdan yongayman
Sen bo'lmasang muhabbat
Ka'basidan tongayman.

Mendan ko'ngul uz deysan,
Qandoq qilib uzurman,
Qandoq qilib bu ko'ngil
Imoratin buzurman.

Holim bilib,azizim
Rahm etsang-chi bir qadar,
Omonatim bergayman,
Sendan ko'ngil uzsam gar.

Yashaymanki,bir taraf
Omon qolur,sog' qolur.
Sen ketsang ul joyda ham
Chandiq qolur,dog' qolur...

***

Ertaga esimdan chiqib qolasiz,
Siz ham unutasiz meni ertaga.
Hozir ko‘nglim uchun kunday kulasiz,
Kuygani qoladi dilni o‘rtada..

Ertaga ezilmas yuraklarimiz,
Yurakni ezguvchi tuyg‘ular tinar.
Hammadan yashirgan tilaklarimiz,
Tilakni toptagich taqdirga ko‘nar.

Ertaga bir baxtli sizga qo‘ynini,
Gul kabi to‘ldirib ketar baxtiyor,
Aslo o‘ylamaysiz qaydadir sizni,
She’r qilib kuylagan mendek shoir bor.

Ertaga dunyodan dunyo axtarib,
O’ylar aylaganda kiprigimni nam.
Sizni unutaman, siz ham unutib,
Hatto eslolmaysiz kimligimni ham...
Ertaga hammasi ertak bo‘ladi...

***

«Egilgan bo‘yinni kesmaydi qilich...» 
Egilgan bo‘yinni kesmasa qilich, 
qilichlik nomini o‘chirmoq kerak, 
Egilgan bo‘yinni kesmasa qilich.

Egilgan bo‘yinlar egilib yashar, 
egilgan bo‘yinlar qilar har ishni. 
Yashasa bo‘lgani egik bo‘yinlar, 
yuz yillar orqaga surib turmushni...

Egilgan bo‘yinni qilich kesmas, 
deb yashamoq kerakmi bo‘yinni egib? 
Do‘stlarim, do‘stlarim, qo‘shilmangiz hech, 
bo‘yinlar tik bo‘lsin, kessa ham qilich...

***

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor,
Yoki xomush bo'lish zamon zaylimi?
Sizga kichikkina iltimosim bor:
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Faromush o’y surib, o’rtanmay g’amda,
Yashamoq kerakkan yorug’ olamda.
Hech nima demang-u, faqat shu damda,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Sizni o’ylayman-u, ko’nglim havotir,
Qalbingiz ochmaysiz, etib yuz-xotir,
Dilim hotirjammas, shu sabab hozir, 
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Mayli zamin uzra bo’lmasin bahor,
Ko’klamga umrbod bo’lay intizor,
Mushtoq yuraklarni aylamay zor-zor,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

Umid mash’aliga bag’ishlab uchqun,
Ufqdan subhidamda chiqqandayin kun,
Shu onda, xabarim oqib, men uchun,
Bir shirin tabassum qiling, maylimi?

***

U yana yo’limda turibdi e voh, 
Yana so’z so’zlashga ojizdir tilim. 
Uning ko’zlariga boqqancha nigoh,
 O’ksinib qaytaman o’rtanar dilim. 
Bilmam kim bo’ldi u do’st yo dushmanim, 
Bu savol ko’nglimni etadi hira. 
Qalam ushlamoqqa behol qo’llarim, 
Demak asirdirman, hanuz asira. 
Yo’q, hammasi yolg’on, Barchasi abas! 
Men yurgan yo’llar erk yo’llari edi. 
Kishanlangan mening qo’llarim emas,
 Ular vijdonimning qo’llari edi.
 Faqat telba holim bir Alloh bilar, 
Qarshimda bisyordir savollar chim-chim. 
Qay yo’ldan yurmayin kulib qarshilar,
 Mening yo’l to’sarim, mening qaroqchim.

***

Bulut to’kar ko’z yoshin yig’lab, 
termulaman uzoqlarga jim, 
hayol ichra deyman shivirlab, 
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM. 

Sen men uchun eng go’zal hayot, 
O’zingdursan qalbdagi sirim, 
yuragimdan otilar faryod, 
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

O’chog’iga ishqdan o’t qalab, 
O’rtanadi bu g’amgin dilim, 
oz-oziga deydi shivirlab, 
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Yuragimning har urishida, 
takrorlanar qadrdon ism, 
yig’lab deyman hatto tushimda,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Aytolmasman kelsak yuzma yuz, 
balki ko’nglimdagi dardlarim, 
ko’zlarimda namoyon shu so’z, 
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM! 

Mayli taqdir ko’rmasin ravo, 
sening bilan yashaydi sevgim, 
yoqtirsinlar yonsinlar ammo, 
SEVOLMASIN MENINGDEK HECH KIM!!!

***

Yana o'sha alam, o'sha iztirob, 
Hijron qo'llarida bo'ldim-ku xorob, 
Dardga shifo bermas hattoki sharob, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman. 

Siz uchun egildi tik turgan boshim, 
Endi qaro tunlar mening sirdoshim, 
Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman. 

Orzular, adalar uchdi havoga, 
Nahot mendek oshiq sig'mas dunyoga, 
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman. 

Taqdir sinolari ayirdi bizni, 
O'zga yor qo'liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o'zingizni, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman. 

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on, 
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan, 
Siz urur yurakka azoblar solgan, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman. 

Baxtingiz tilashdan yo'q o'zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom, 
Alvido, alvido mangu durdonam, 
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman

***

Kelaman, deydi u, lekin kelmaydi, 
Kutaman, deydi-yu kutmaydi bu ham. 
Qizig'i, hech kimsa uyat bilmaydi, 
Qizig'i, hech kimga qilmaydi alam. 
Bosh ustiga, deydi, ichadi qasam, 
Yigit so'zim, deydi, albatta, ishon! 
Yolg'onni biladi ikki taraf ham, 
Ishongandek tutar ikkala tomon. 
Sevaman, deydi u, gulim, azizam, 
Sizsiz yasholmayman, jonim, deydi bu. 
O'zgaga uylanib ketar xotirjam, 
Qizgina ham ortiq chekmaydi qayg'u. 
Bu ham bir kasallik – lafzsizlik degan, 
Tartib shu: pand berib, tugal pand yeysiz. 
Milyon yil kechikmay vaqtida kelgan 
Fasllar chalkashib ketsa, ne deysiz? 
Qovog'ingiz soliq: mavzu-ku dolzarb, 
SHoir ne sababdan kechikib yozdi? 
Men allaqachonlar yozgandim, rost gap, 
Va'daboz muharrir kechikib bosdi.

***

Nima böpti pulim bölmasa, pulsiz
odam gado böptimi? Nahot sevgi
shusiz bölmasa, meni sevish uyat böptimi?
Boyligim yöq muhabbatim bor, shu xam sizga
kamlik qildimi? Shuning uchun qilasizmi or meni
sevish uyat böldimi? Bilsangiz gar necha
oshiqlar, sevgi deya ötib ketdimi? Boshqalarni
oldida meni, sevish sizga uyat böldimi? Nahot
taqdir buncha beshavqat, senga meni ravo
kördimi? Nahot mendan qilasan nafrat, meni
sevish uyat böldimi? Muhabbatni pulga
ölchasang, ayol emas ekansan "Shayton".. Sevgi
faqat pul dib öylasang, butun umr bölasan
vayron.. Mayli meni sevma hech qachon, bir kun
sevgim qadrin bilarsan.. Keyin özing kuydirasan
jon, bir umrga afsus qilarsan.. Nima böpti pulim
bölmasa, pulsiz odam gado böldimi? Nahot sevgi
shusiz bölmasa, meni sevish uyat böldimi"..

***

Muhabbatni
savdo qilgan,
Bozorlarda alamim bor.
Yuragimni ado qilgan,
Ozorlarda alamim bor.
Bunda taqdir hato qilgan,
Shox ko'ngilni gado qilgan.
Yorni yordan judo qilgan,
Yor-yor-larda alamim bor.
Ey yoronlar bo'lmang hayron,
Meni bag'ri dilim vayron.
Dimog'lari osmon osmon,
Kiborlarda alamim bor.
Ko'ngil dardin davosi yo'q.
Yurak yig'lar ovozi yo'q.
O'sha dilda vafosi yo'q,
Dildorlarda alamim bor.
Ko'ngli tog'dek o'sib ketgan,
Yuragimni ezib ketgan.
Bahtim yo'lin to'sib ketgan,
Viqorlarda alamim bor.
Bu alamli dunyosida,
Muhabbat bir ro'yosida.
Bugun Majnun qiyosida,
Laylolarda alamim bor....

***

Unutishga haqqing yo'q meni,
Unutilish qismatim emas.
Hayolingda yashayman sening,
Hayolingda bo'lgum har nafas.
Ko'zlaringning olislarida 
Hali to'lin oydek to'laman.
Derazangni sokin kechada
Chertib o'tgan yomg'ir bo'laman.
Tinch qo'ymayman, kiraveraman
Tushlarin
gga qaytib va qaytib.
Uyg'onasan hali ko'p bora,
Saharlarda ismimni aytib.
Yuragingni og'ritgan sanchiq,
Yuragingni qamragan dardman.
Diydoringga kechikkan qordek,
Sochlaringga to'kilgan gardman.
Xotiralar qiynaydi seni, 
Esga solar har kun, har nafas.
Unutishga haqqing yo'q meni,
Unutilish qismatim emas!. . .

***

Oqshomlari bedorman,
Seni bir ko`rmoq uchun.
Ming sinovga tayyorman,
Yoningda yurmoq uchun.
Oyog`ingga yiqilay,
Dil hatingda o`qilay,
Ayt jonim, nima qilay,
Tushingga kirmoq uchun.
Meni sevmaysan nega,
Qalbim sensiz beega,
Yuragingni ber menga,
Bir umr sevmoq uchun.
Hudoyimga yig`ladim,
Butun qilgin deb bahtim,
Ahir seni sevmadim,
O`zgaga bermoq uchun.
Visolingga humorman,
Seni bir ko`rmoq uchun.
Ayriliqdan bezorman,
Seni bir ko`rmoq uchun.
Ming o`lib, ming tirilib,
Yashay deyman sevilib,
Ko`zlaringga termulib,
Qachondir o`lmoq uchun.
Ahaddan olismisan,
Osmonsiz yulduzmisan,
Shunchalar ojizmisan,
Bir bora kelmoq uchun.

***

Мовий осмонимни қоронғу этиб,
Булутлар бошимга солишса туман.
Сенинг ғаминг бирла ўлмоқлик афзал,
Мен сени ҳаммадан кўпроқ севаман!

Таънимдан қайсар руҳ қочмоқ истаса,
Ажал рўпарамда тургани замон.
Шунда ҳам ҳаёлан қўлингдан тутиб,
Сенинг исминг айтиб узилади жон.

Қасамки, севгимга содиқ қолурман,
Ўлсамда ҳеч қачон музламас таним.
Қуёшдан кучлироқ ишқим олови,
Иситиб туражак бутун баданим.

Мен сени шу қадар кучли Севаман!..

***

Telba ekan devona yurak,
Bu devona kimga ham kerak?
Ohlarim eshitolmas o'zimdan
bo'lak,
Tentirab ko'chada dardkash
izlayman.
O'ynoqi shabboda kular
ustimdan,
Bir paytlar noligandim
do'stimdan.
Endi ayrodaman hatto juftimdan,
Esgan shamollardan dilkash
izlayman.
Qo'l cho'zadi meni yenggan
taqdir,
Intilsam siltab ustimdan kular.
Men ham yashayapman
hayotman axir,
Misradan o'zimga mazmun
izlayman.
Ko'p ekan omading, molingga
do'stlar,
Seni maqtashadi bir seni so'zlar.
Omad ketsa ustingdan
bo'xtonlar so'zlar,
Yomonlardan yaxshilikni
izlayman.
Yuragim halovat topolganida,
Menga ham orzular yetolganida,
Kimlardir qo'limdan tutolganida,
Ertaklar ichidan hayol izlayman.
Zerikdim, tentirab daydishdan ne
naf?
Men ham tirik insonman axir
Menga o'xshar daraxtdan
uzilgan bir barg,
Kuzning hazonlaridan bahor
izlayman
Egnimda kir ko'ylak, yoqasi
yirtiq,
Oyog'im toshlardan panoh
so'raydi.
Yotsam yer yumshoqdir bosh
tanam qattiq,
Ochiq qabrlardan yotoq
izlayman.
Ko'zlarim jovdirar qo'lim
qavargan,
Ko'nglimda xatodan qolgan
hotira.
Yuzimdan rang o'chib, sochim
oqargan,
Oqargan sochimdan qaro
izlayman.
Sahrolar cheksiz-u, tubsiz
daryolar,
Ba'zida shuncha keng yo'lga
sig'mayman. O'tarmi soatlar,
o'tarmi yillar,
Osmonlar ustidan yerni izlayman.
Shunday baxtiyorman, kapalak
do'stim,
Anhorlar manzilim, chaqmoqdir
so'zim.
Osmon onamdir, emasman
yetim,
Tabiat qo'ynidan oilam izlayman.
Bahtiyor kunimga g'am kelar
quvib,
Qalbim yig'lasa-da o'zim
kulaman.
Devona ko'nglimni bo'lmaydi
yengib,
Ortiqcha darmonga dardim
izlayman.
Qayerda xavf bo'lsa, o'sha
yerdaman,
Nokas dunyodan ketish
istayman. Umrim tugamagan
buni bilsam ham,
Xatolar ichidan ajal izlayman.
Gar o'lsam ne bo'lar, kim meni
ko'mar?
Telba, deb matoga kim meni
o'rar?
Jon bilan bu jasad shunchalar
xor-ku,
Tashlandiq xilvatlardan o'zim
izlayman
Men soyadirman, men surat
xolos,
Meni o'rab turgan bir hilqat
xolos.
Ko'nglim pok, kiygan kiyimim
iflos,
Eski matolardan kafan izlayman.
Kim meni taniydi, bormanmi
o'zi?
Yonida tursam ham ko'rmaydi
ko'zi.
Ko'zi tushganda ham jirkanar
o'zi,
Nokaslar ichidan vafo izlayman.
Bosgan izimni ham qorlar
yopadi,
Taqdir peshonaga qayda yozadi.
Telba ham izlasa imkon topadi,
Yolg'onchi dunyodan chin hayot
izlayman....

***

Yulduzlari ichikib qoldi 
Maxzun endi oysiz osmonim 
Sensizlikka ko'nikmay bildim 
Qanday ekan mensizlik , jonim 

Ana , ko'zim ko'zingdan o'tdi 
Qo'y , yashirma titroqlaringni 
Xato qilding , o'zingdan o'tdi 
Tishlayapsan barmoqlaringni 

Endi nurga begona yuzing 
Quyoshingni ranglari qani ? 
Sig'mayapsan o'zinga o'zing 
Xayotingni tonglari qani ? 

Kech tushunding dimog'ing sindi 
Yongan g'amga o'tin ekansan 
Yuragingni yarmi yo'q endi 
Mening bilan butun ekansan 

Kechalaring o'zingdan g'arib 
Armonlaring o'zingdan katta 
Yuraginga termulib turib 
Yig'layapsan birinchimarta 

Uxlab qolgan tunlarning xaqqi 
Mening o'rnim boshqa - BO'LAKMAN 
Yig'lab tolgan tunlarning xaqqi 
Men , bari bir , SENGA KERAKMAN ! 

***

Ista, mayli har kun seni kutayin,
Qõllaringga turfa gullar tutayin.
Mayli seni deya, qonlar yutayin,
Faqat meni sevsang, bõldi azizam!

Imo qil sen uchun õpiray tog'ni,
Yuzingga tushurmam na chang, na dog'ni,
Sening noming berib quray bir bog'ni,
Faqat meni sevsang, bõldi azizam!

Dunyo tashvishidan himoya qilay,
Mehr bilan suluv sochlaring silay,
Seni yagonam deb, baxtim deb bilay,
Faqat meni sevsang bõldi, azizam!

Yõl qõymam kõzingdan oqmas tomchi yosh,
Birov otolmaydi senga ta'na, tosh.
Har dam yoningdaman bõlib kõz-u, qosh,
Faqat meni sevsang bõldi, azizam!

***

So'ngi payt kechalari qo'ng'iroq qilsam doim bo'lar band
Ko'nglim negadur g'ash balki ko'nglim haq balki no haq
Bormi o'zi ko'zlaringda haqiqat
Yo shunchaki o'tkazmoqdamizami vaqt
 
Xat yozib boshladim ololmaganindan keyin javob
Nega mani yo'nalishimga javob bermayapsan desam
Deydi bor yonimda odam
Duganam bilan sirlashib yotibman

Sirlaring kim haqidaligini bilaman
San mani aldama aldashga o'rinma
Kim u qayda ishlashini ham bilaman
Yurak yig'la mayli lekin zabon indama

Qani bu yolg'onlar qaygacha borar ekin
Vijdon degani oz bo'lsa ham qiynalarmikin
Ko'ramiz nima foyda topa olarekin
Yutarmikin yoki yutqizarmikin

Alamlar ezardi ahir bilan bu haqiqatdan
Alamlar ezardi nega bunchalar soxtasan 
Ahir go'l emasman hammasidan boxabarman
Agar o'ylab ko'rsam sendayin qizga mos emasman

Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan
Hech qachon 
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'riq ushladi

Ha hammasidan xabarim bor
Yashirishdan foyda yo
Tan ol ol hamma narsalaringni
Olib ket borib unga
Endi mani yo'qligimni et
Bor yugur endi u tomon 
Ahir ustumdan yurarding
Qilmasdan or ha yuragim tor
Sandan boshqasi sig'masdi
Bor yuragi kenglarga bor

San birinchi ko'rishgan kuning u bilan
Ishonch chizig'ini kezib o'tgan kuningdan
Yuzimga qo'yding oyoq deb hisoblayman
Va sani eshitishni ham istamayman

Bahonalaringni borib endi unga et
Kechirim so'rama sanda o'zi bormi bet
Xiyonatingni qaysi ahmoq kechirarkin
Endi sani mandayin kim sevarkin

Aldab yurgan lablaridan
O'zini tutishi gaplaridan
Uzoqlashib qolganidan 
Sezardim yolg'onlarini

Yuragim xasratlaridan
Ochib yurgan avratlaridan
Qimmat baho zanjirlaridan
Sezardim yolg'onlarini

Sen meniki emassan
Sen meniki bo'lmaysan
Hech qachon
Tuyg'ular jon berib boshladi
Ko'ngil yomon og'riq ushladi

***

Bu kecha kel desam kelmading. 
Dardimni ol desam olmading. 
Yonimda qol desam qolmading. 
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi. 

Ortimdan yurarding mo'ralab, 
Keng ko'cha, tor ko'cha oralab, 
So'ng ketding yuragim yaralab, 
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi? 

Kularding kelganda qoshimga, 
Yig'larding dard tushsa boshimga. 
To'ymadim ship-shirin oshingga, 
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi? 

Sen juda beg'ubor kularding, 
"Men senga intizor", bilarding. 
Sal kutsang menga yor bo'larding, 
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?

Men seni sevardim, sevardim, 
Joningni ber desang, berardim, 
Shunda ham tushingda kelardim, 
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi? 

Bunchalar eding-a shirin so'z, 
Qoshlari qora qiz, qaro qiz, 
Ko'zlari tim qora, qaroko'z Qorako'z.  
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?

Просмотров: 24788 | Добавить свои стихи | Рейтинг: 0.0/0
Читайте также:
Jumagul Suvonova
Mahkamboy Umarov
Muhiddin Abdusamad
Sevgi haqida sherlar (rus tilida)
Ilyos Muslim
Madina Baxshilloyeva
Всего комментариев: 0
avatar