Приветствую Вас, Гость! Регистрация RSS

.

Четверг, 09.05.2024
07:50
Mahkamboy Umarov

TURNALAR

Quvnatar turnalar parvozi,
Bir xilda saflarin uzmasdan.
Janubga yo‘l olar shu zayl,
Sira ham qatorni buzmasdan.
Nazdimda tumalar ko‘k toqin,
G‘ubordan tozalab, artibdi.
Bu qushga yarashgan fazilat,
Juda ham odobli, tartibli.
Jahonda qush zotin turi ko‘p,
Barchasi qatorin to‘ldirmas.
Turna-chi, hamjihat, shu bois,
Qatordan hech birin qoldirmas...


KAPALAKLAR

Oq kapalak, sap-sariq, ko‘k kapalak,
Ranglari turli-tuman, ko‘p kapalak.
Atirgulning hididan rohatlanib,
Uchib, qo‘nib o‘ynaydi to‘p kapalak.
Chechaklarga bag‘ishlar hayotini,
Gulga aytar qo‘shig‘i, bayotini.
Aytganday, qaysi rassom bo‘yar ekan,
Turfa xil kapalaklar qanotini?..


BIZNING ELDA

Aytayin bir shukurchilik,
Kun ham bugun rosa qiziq.
Ko‘zlarimdan yosh oqizdi,
Piyoz kessam suti chiqib.
So‘zimni kim tinglar ekan:
Toshkent degan — qut-barakam,
Bizning elda sigir tugul
Piyozda ham sut bor ekan. 

KIM BO‘LASAN?

— Kuchuk, sen kim bo‘lasan
o‘sib-unsang?
— It bo‘laman haddidan
oshmaydigan.
— Qulluq, sen-chi?
— Ot bo‘laman qing‘ir yo‘lni
bosmaydigan.
— Jo‘ja, sen-chi?
— Xo‘roz bo‘lgum bemahal
qichqirmaydigan,
— Xo‘tik, sen-chi?
— Eshak bo‘lgum o‘rinsiz
hayqirmaydigan.
— Uloq, sen-chi?
— Serka bo‘lgum hech kimni
suzmaydigan.
— Qo‘zi, sen-chi?
— Menmi, axir qo‘y bo‘laman
O‘zidan ulug‘larni sizlaydigan...

Просмотров: 518 | Добавить свои стихи | Рейтинг: 0.0/0
Читайте также:
Xayrullo Hamidov (2)
Gulnoz Mo‘minova
Mansur Yunus
Muhiddin Abdusamad
Yusuf Xudoyqul
Sevgi haqida sherlar (3)
Всего комментариев: 0
avatar